QORIN CHURRALARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Qorin churrasi (hernia) deb, qorin bo’shlig’idan ichki a’zolarning qorin
devoridagi tabiiy yoki sun’iy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining
ularni qoplab turadigan devor oldi varag’i bilan birga chiqishiga aytiladi.
Qorin pardasi bilan qoplanmagan ichki a’zolarning tabiiy teshiklar orqali
chiqishiga tushish (prolapsus) deyiladi.
Qorin churralaridan farqli ravishda eventeratsiyada ichki a’zolarning
parietal qorin pardasisiz shikastlangan qorin devori orqali teri ostiga (teri osti
eventeratsiyasi) yoki tashqariga (tashqi eventeratsiya) chiqishi sodir bo’ladi.
Qorin churralari tashqi va ichki bo’ladi.
Tashqi churralarda ichki a’zolar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel
yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi.
Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki a’zolarning qorin pardalariga va
qorin bo’shlig’idagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou,
recessus subcolecalis ilieocol