Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo’lishi mumkin, moyil qiladigan va keltirib chiqaradigan turlarga bo’linadi.
Churralar hosil bo’lishining moyillik qiladigan sabablariga churra eng ko’p hosil bo’ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir:
- chov kanali sohasi;
- sondagi oval chuqurcha sohasi;
- qorin oq chizig’i aponevrozining kindik ustidagi va kindik oldidagi bo’limi;
- Spigeli chizig’i sohasi;
- Pti uchburchagi sohasi; - Gryunfeld-Lesgaft to’rtburchagi sohasi;
- yopqich teshik sohasi.
Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollarda va erkaklarda turli xil churralarning taqsimlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Son churralarining ko’p uchrashi ayollarda chanoq halqasi enining serbarligi bilan bog’liq. Erkaklarda chov churralarining ko’p uchrashi ularda chov halqasining birmuncha kengligi bilan izohlanadi. A