Kindik churralari #киндик #kindik #чурра #churra

Kindik halqasi orqali o’tadigan churralarga kindik churralari deyiladi. Kindik churralari hamma churralarning 6-8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari. Anatomik ma’lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini bo’sh joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi murakkab jarayondir. Normada antinatal davrning 6-oyidayoq kindik halqasi hosil bo’ladi, uning o’lchami asta-sekin kichrayib boradi va tug’ilishdan bir necha kun o’tgach tushgan kindik o’rnida ichiga botgan yamoqcha xolida uzilkesil berkilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug’ma rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar kuzatiladi. Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi bir muncha beqaror strukturalar – teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi Подписывайтесь
Back to Top