Obodlik yoshlar uchun yangi oʻquv markazi tashkil etilmoqda #obodtalim
Farg‘ona viloyati, Fargʻona tumanining “Obod“ mahallasida “Obod ta’lim” markazi tashkil etildi.
“Obod“ mahallasi aholisining 1113 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Yoshlarning koʻp sonli qismi boʻsh vaqtlarida fanlardan pullik qoʻshimcha mashgʻulotlar olish, kasb-hunar egallash, kichik tadbirkorlik faoliyatlari bilan shugʻullanib kelishmoqda.
Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rinni egallashi, farovon turmush kechirishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu maskanda mahallamiz, qolaversa, ushbu hududda yashovchi yoshlarga mutlaqo bepul taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Jumladan, yengil konsrtuksiyali ushbu oʻquv markazida 2 ta xona tashkil etilib, xonalarda chet tillari va zamonaviy kasblar oʻrgatilishi rejalashtirildi. Xonalar zamon talablari asosida toʻliq taʼmirlanib, ixcham va qulay mebel jihozlari bilan toʻldirildi. Oʻquv markazida rus, ingliz va koreys tillari, kompyuter savodxonligi, grafik dizayn kabi to‘garaklari tashkil etilishi, tashkil etiladigan toʻgaraklarga yil davomida 300 nafardan ziyod yoshlar qamrab olinishi rejalashtirildi.
Yaqin kelajakda “Obod taʼlim“ oʻquv markazi hudud yoshlarining tashabbus va gʻoyalarini birlashtirish, yangi loyihalar tayyorlash, yigit-qizlarni kasbga oʻrgatish, oʻzaro muhokamalar maydoni yaratish, turli sohalarda mahorat darslarini oʻtish uchun sevimli maskanga aylanishiga ishonch bildirildiramiz!
#fergana #vodil #obod #travel #zamonaviykasblar #chettillari #ingliztilidarslari #rustili #koreystili #grafikdizayn #photoshop
1 view
1040
301
11 months ago 00:06:20 1
Islombek Muhammadjonov va “Obod taʼlim“ markazi haqida
1 year ago 00:01:36 1
Obodlik yoshlar uchun yangi oʻquv markazi tashkil etilmoqda #obodtalim
2 years ago 00:00:54 1
Obodlik yoshlar: Muzarofjon Raximov yutuqlari haqida