Islombek Muhammadjonov va “Obod taʼlim“ markazi haqida
Islombek Muhammadjonov va “Obod taʼlim“ markazi haqida
“Obod ta’lim” “meva” bera boshladi.
Qo‘shni Qirg‘iziston bilan yondosh bo‘lgan Farg‘ona tumanining olis qishloqlaridan birida joylashgan “Obod” mahallasi zamonga xos, yangiliklarga hamohang tarzda rivojlanib bormoqda. “Obod” mahallasi aholisining 1113 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Mahalla markazdan ancha uzoqda, chegara hudud hisoblansada, mahalla yoshlari rivojlanishga intiluvchi, kreativ fikrlovchidir. Mahalla yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov esa o‘z tengdoshlarini bir maqsad, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ertamiz egalarini to‘g‘ri istiqbol yo‘lida birlashtira olgan. Obodlik yoshlar ham Islomjonga ishonch bildirib, barcha muammolariga u orqali yechim topmoqda. Islomjonning qariyb 2 yillik yoshlar yetakchiligi faoliyati davomida 10 mingga yaqin yoshlar murojaatlari ijobiy yechim topgan.
Islomjon Muhammadjonov yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining “Yoshlar daftari” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tanlovga taqdim etilgan loyiha mahallada tashkil etilgan “Obod ta’lim” markazidir.
Yoshlar murojaatlarini o‘rganish davomida yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 21 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar homiyligida mahalla guzarida 50 kishiga mo‘ljallangan “Obod ta’lim” markazi ishga tushirildi.
“Obod ta’lim” markazida rus va ingliz tillari, kompyuter savodxonligi, grafik dizayn kabi to‘garaklar tashkil etilmoqda. Loyiha avvalida jami 4 turdagi to‘garaklarning har bir guruhiga 12 nafardan yosh qamrab olinishi rejalashtirilgan bo‘lsa hozir ilmga qiziqqan yoshlar soni 60 ga yetdi. Ta’lim markazida o‘qish sifatini yaxshilash maqsadida yoshlarga ta’lim berish uchun professional ustozlar ham jalb etilgan. Islomjon bilan suhbatlashganimizda “Obod ta’lim” markazi eshiklari qo‘shni mahallalar yoshlari uchun ham ochiqligini ta’kidladi. Loyiha boshida qiziquvchilar soni bunchalik ko‘p bo‘lishi va bu orqali mahalladagi 70 % yoshning bandligini ta’minlanishi kutilmagani haqida aytib o‘tdi.
Bugunga kelib, mazkur ta’lim markazida tahsil olayotgan 14 nafar yoshlarga “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun 47 640 000 so‘m mablag‘ 6 oy davomida to‘lab beriladi.
Mahalla yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z “meva”sini bermoqda. “Obod ta’lim” markazida boshlang‘ich bilimni egallagan Dostonbek Alijonov “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida ingliz (IELTS, CEFR) tili kurslarini tamomlab, “Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida”gi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
“Obod ta’lim” markazida o‘qishni tamomlab yuqori natijaga erishgan yoshlarning yana o‘z mahallasiga qaytib tengdoshlariga bilim berishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
1 view
718
192
11 months ago 00:06:20 1
Islombek Muhammadjonov va “Obod taʼlim“ markazi haqida