Me’da va o’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasining o’tkir emirilishi turli
xil faktorlar hisobiga kelib chiqishi mumkin. Gastroduodenal yaralar kelib
chiqish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1) o’tkir yaralar har xil stress
holatlaridan keyin kelib chiqishi mumkin. 2) eroziyalar har xil dori-darmonlar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. 3) o’tkir yaralar har xil kasalliklarda birga
kuzatilishi mumkin (jigar tsirroz, yurak kasalliklari, nafas olish va qon aylanish sistemasi etishmovchiliklarida, o’tkir va surunkali buyrak etishmovchiligida).
O’tkir stress eroziyalar va yaralar. Odatda o’tkir yaralar gastroduodenal
sohada qon ketishi bilan kuzatiladi. Me’da-ichak tizimi yuqori qismidan qon
ketishi sabablari gemorragik gastrit (17% holatda) va o’tkir yaralar (5% holatda) bo’lishi mumkin.
Подписывайтесь на нас в соцсетях:
Фейсбук:
Телеграм канал:
Телеграм группа (для онлайн консультаций): https://t.