Makkada nozil bo’lgan bu sura ikki yuz olti oyatdan tashkil topgan.
U payg’ambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg’ambarlarning qissalari so’zlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo -- payg’ambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga o’z qavmlari tarafidan bo’lgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning to’fon balosiga giriftor etilganliklari eslatib o’tiladi.
Bu surada payg’ambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil z