O’zbekcha nashida! | Hamdlar aytsam... - Nilufar bintu Ulug’bek

﷽ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Muslimaatuz qoshidagi “Munshidaat“ guruhi a’zosi Nilufar bintu Ulug‘bekning youtube sahifasiga xush kelibsiz! ================ (Official video) Har zarram nuqtasi, qumlar sonicha, Jamiki insonlar ko’zi jonicha, Yetti qavat yeru, bor osmonicha, Hamdlar aytsam, sonlaru harf yetarmi?! Jonimga qon bergan, ruhimga nafas, Ey ko’nglim osmoni mayin ohang sas, Seni deb toqatim tugar qara bas, Hamdlar aytsam, O’zi menga boqarmi?! Ozod qizcha edim, hurdan nur etding, Saroy ichra edim, to’rga yur deding, Ne’mat aro ne’matimni ko’r deding, Hamdlar aytsam, ishqi abad qolarmi?! Toqatim qolmadi, sabrim sabrsiz, Rohatda hayotim, jabrim jabrsiz, O’lib qoldi ishqdan nafsim qabrsiz, Hamdlar aytsam, ruhim yana turarmi?! Jamoling ishqida so’ldim barq urib, Har tomon sochildim g’arbu sharq bo’lib, Hijron dengizid
Back to Top