Eldor - “Atrofimda“ | Элдор - “Атрофимда“

Atrofimda ko’nglim suygan Do’stlarim bor, ko’nglimda g’am. Tasvirlangan yuzda quvonch, Yashiringan ko’zimda nam. (x2) Afsusdaman endi o’zim Senga aytgan so’zlarimdan, Yuragimni ezib-ezib, Ko’z uzmading ko’zlarimdan. Qaramagin ko’zlarimga, Ko’zlaring begona endi. Begona bo’ldi bu dunyo, Senday yagonam yo’q endi. So’ramagin ahvolimni – Yuragim g’amxona endi, Seni sevgan oshiq yigit – Hofizi-devona endi. Seni sevgan oshiq yigit – Hofizi-devona endi. Oydan oydin, guldan g’ozal, Oy jamoling g’am ko’rmasin, (x2) Yarashibdi oppoq libos, Baxtingga hech ko’z tegmasin. Afsusdaman endi o’zim Senga aytgan so’zlarimdan, Yuragimni ezib-ezib, Ko’z uzmading ko’zlarimdan. Qaramagin ko’zlarimga, Ko’zlaring begona endi. Begona bo’ldi bu dunyo, Senday yagonam yo’q endi. So’ramagin ahvolimni – Yuragim g’amxona endi, (seni sevaman) Seni sevgan oshiq yigit – Hofizi-devona endi. (seni sevaman) Seni sevgan oshiq yigit – Hofizi-devona endi. (seni sevaman) (Seni sevaman… Seni sevaman…)
Back to Top