Шерали Жураев - Атиргулим

Atirgulim, atringni soch, Mayli tikan xoring bo‘lay, Ko‘z tegmasin bo‘yingga deb Tilovchi zor-zoring bo‘lay. Mayli bo‘lay ko‘zmunchog‘ing, Bo‘yningda tumoring bo‘lay, Yiroq ketma, ketsang agar Yo‘lingda sardoring bo‘lay. Yig‘lamain yig‘latmagin, Dunyoda yolg‘iz o‘tmagin, Sevdim deya kuylay yonib Hargiz meni bo‘zlatmagin. Har dam yoningda o‘lturay, Ket deb sira ham aytmagin, Ko‘zlar yonib, yuzlar qizib Aytgan so‘zingdin qaytmagin. Bog‘la bo‘yningga qo‘llarim, Mayliga zunnoring bo‘lay. Mayli deyin axtarsinlar Sendek go‘zal dunyoda yo‘q. Qoshlar qalam, ko‘zlar suzuk Lablar asal dunyoda yo‘q. Sensiz jahonning o‘zi yo‘q, She’ru g‘azal dunyoda yo‘q. Kelgin davo ber dardima Mendek kasal dunyoda yo‘q. Dunyoga teng husning uchun Yolg‘iz xaridoring bo‘lay. Sochingda qasding bormidi, Jonon kesibsan ostidan Tuproqqa ketdi to‘lg‘anib, G‘addor qaychining dastidan. Erkakcha qirtishlab uni, Ro‘ymol yulindi ustidan, Nozik beling bo‘ldi judo Qirqta haqiqiy do‘stidan. Soch o‘rnida endi o‘zim Mayliga dastoring bo‘lay.
Back to Top