Alisher Navoiy g’azali

Qorako’zim kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il, Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il! Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan, Qadding niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il! Takovaringg’a bag’ir qonidin xino bog’la, Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il! Firoq tog’ida topilsa turfog’im, ey charx, Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il! Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni, Sochingni boshdin ayog’ chin ila shikan qilg’il! Xazon sipohig’a, ey bog’bon, emas moni’ Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il. Yuzida terni ko’rib o’lsam, ey rafiq meni, Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il! Navoiy anjumani shav
Back to Top